Hopper HQ kompaniyasi Instagram’da reklama qilish orqali eng ko‘p pul topadigan yulduzlar ro‘yxatini tuzib chiqdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
2021 yilda reytingga futbolchi Krishtianu Ronaldu yetakchilik qilgan. Uning ijtimoiy tarmoqdagi bitta posti 1,6 million dollarni tashkil etadi. Ma’lumki, u so‘nggi bir necha yildan buyon ushbu ro‘yxatning dastlabki uchtaligidan o‘rin olib kelmoqda. Instagram’da Ronalduning obunachilari soni 295 millionni tashkil etadi.
Ikkinchi o‘rinni 2020 yilda reytingning yuqori pog‘onasini band etgan aktyor Dueyn Jonson egallagan. Uning obunachilari soni 242 millionga yetadi va ijtimoiy tarmoqdagi bitta reklamasi narxi 1,5 million dollarga teng.
Uchinchi pog‘ona esa qo‘shiqchi Ariana Grandega nasib etgan. Obunachilari soni 240 millionni tashkil etadigan qo‘shiqchining sahifasidagi bitta reklama narxi 1,5 million dollar.
Instagram’dagi eng boy yulduzlar ro‘yxati: