Joriy yilning 20 noyabr kuni instabloger Bobur Mansurovning to‘yida bir nechta avtomashinalar guruh bo‘lib harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan IIV JXD YHXX Matbuot xizmati izoh berdi.
Guruh bo‘lib harakatlangan ushbu haydovchilar aniqlandi va ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 129-moddasi (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi) 1-qismi tartibida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.