Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Insonparvarlik, adolatlilik, qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida...

Insonparvarlik, adolatlilik, qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida...

Prezidentimiz 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasida yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasini takomillashtirish masalalarga alohida tashabbuslar bilan, erishilgan natijalar va kelgusidagi vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Jumladan, jazo tizimini liberallashtirilishi munosabati bilan 2020 yilda jinoyat sodir qilgan 74 foiz shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanganligi, xalqimizning insonparvarlik, bag‘rikenglik, kechirimlilik kabi o‘ziga xos qadriyatlarining chin ma’nodagi yuksak namunasi sifatida jinoyat sodir qilgan 616 nafar afv etilganligi, 719 shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilganligi e’tirof qilindi. Bu o‘z navbatida odamlarning sud-huquq tizimiga bo‘lgan ishonchini ortib borishiga ham sabab bo‘lmoqda.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, oxirgi 4 yil davomida sud-huquq sohasini isloh qilish borasida 40 dan ortiq Qonun, Farmon va qarorlar qabul qilinganligini, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashda sud hokimiyati hal qiluvchi o‘rinni egallashini, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina ekanligi davr taqozosidir.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 yanvardagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul kilindi. Ushbu Qonunga ko‘ra endilikda:

-sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish instituti tugatildi;

-prokurorning ayblovdan voz kechishi sud tomonidan jinoyat ishini reabilitasiya asoslariga ko‘ra tugatishga sabab bo‘lishi belgilandi;

-endilikda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan yigirma sutka ichida apellyasiya tartibida shikoyat, protest berilishi mumkin bo‘ladi;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi ustidan apellyasiya tartibida berilgan shikoyat yoki protest O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida ko‘riladi;

-apellyasiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan kassasiya tartibida shikoyat, protest berilishi mumkin bo‘ladi;

-sudlanuvchi sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi sababli oqlangan taqdirda, oqlov hukmining qaror qismida jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ish prokurorga yuborilishi ko‘rsatiladi;

-kassasiya tartibida berilgan shikoyat, protest O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘riladi;

-kassasiya instansiyasi sudi jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o‘rinbosarlarining Jinoyat-prosessual kodeksining 497-17-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra kiritgan kassasiya protesti bo‘yicha kassasiya tartibida takroran ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Qonunchilikdagi mazkur o‘zgarishlar mohiyati “bir sud bir instansiya” tamoyilini aks ettirgan bo‘lib, fuqarolarni ortiqcha sarsongarchiliklarini kamayishiga xizmat qiladi.

Jamshid Mamurov,

Namangan viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi

Kiritildi: 22:01 20.01.2021. O'qildi: 2045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!