Bugun 21 noyabr, 2019 yil, payshanba

КИР

Insonlarning dangasaligi tufayli ixtiro qilingan yegulik

Insonlarning dangasaligi tufayli ixtiro qilingan yegulik

Qish payti edi. Frank Epperson chanqadi. U o‘ziga ichimlik tayyorlashga qaror qildi. U xushbo‘y shakar aralashmasini oldi va uni kosaga solib, jigarrang tayoqcha bilan aralashtirdi. Va o‘yinga berilib ketdi.

Tashqarida o‘ynaganidan keyin u ichkilikni old maysazorda unutib qoldirganini esladi. Ammo borib shuni olib kelishga hafsala qilmadi. Keyin ichkariga uxlagani kirib ketdi. U ertasi kuni ertalab qaytib kelganida, u yerda muzlatilgan suyuqlik bilan turgan stakanini ko‘rdi.

Uni olish uchun tayoqni tortib ko‘rdi, unga muzlatilgan shakar suvi yopishtirilgan edi. Qanaqa ekan deb o‘ylagan Frank muzlatilgan suyuqlikni yeb ko‘rdi va uni juda yoqtirib qoldi. Shunda uning miyasiga zo‘r g‘oya keldi. U o‘z biznesini boshlashi kerak. Shunday qilib, u yana stakanlarni shakarli suvga to‘ldirib, yog‘och tayoqchalarni qo‘yib, ularni muzlatib, «Epsicle» deb nomlangan narsani sotishni boshladi. Uning tadbirkorligi o‘sha paytda trendda bo‘lgan limonad savdosini sindirdi.

Savdo uning mahallasida boshlanib, keyin boshqa joylarga ham tarqaldi. Oxir-oqibat, u mahsulotni «Popsicle» deb o‘zgartirdi. Shunday qilib, yangi mashhur tendensiya paydo bo‘ldi. U esa hozir biz sevib yeydigan «Muzqaymoq»dir, deya xabar bermoqda Quora.

Kiritildi: 06:35 07.11.2019. O'qildi: 914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!