20 fevral kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida “Inson huquqlari sohasida ta’lim va tadqiqotlar” tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir mamlakatimizda 20 fevraldan – 28 fevralga qadar davom etadigan “Inson huquqlari haftaligi” doirasida tashkil etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov marosimni ochar ekan, ayni mavzudagi respublika tanlovi Milliy markaz tomonidan 2022 yil 10 oktyabr kuni e’lon qilingani va bir oy davom etganiga e’tiborni qaratdi. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 30 yilligi, BMTning Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturi hamda Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklarasiyasiga bag‘ishlandi.
Tanlov Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha boshqarmasi bilan yaqin hamkorlikda tashkil etildi. Uni o‘tkazishdan maqsadi inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimiz aholisi o‘rtasida inson huquqlari madaniyatini keng targ‘ib etishdir.
Tanlov 5 nominasiya bo‘yicha o‘tkazilib, jami 72 ta hujjat kelib tushdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-o‘ringa:
“Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola” nominasiyasi bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti mustaqil izlanuvchisi Odil Bo‘riyev munosib deb topildi.
G‘oliblar 1-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandilar.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati