Bugun AOKAda vazirlik, idora va tashkilotlar hamda hokimliklar axborot xizmatlari xodimlari, ommaviy axborot vositalari uchun “Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosati va mazkur sohada xalqaro majburiyatlarning bajarilishi masalalari” mavzusida o‘quv kurslari boshlandi.
O‘quv kursini Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ochib berdi. Kirish so‘zi davomida inson huquqlarini himoya qilishda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, bunda OAV va axborot xizmatlari imkoniyatlari kengligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan AOKA direktori A.Xodjayev inson huquqlari himoyasi global miqyosda dolzarb ekanligini, mamlakatda so‘z erkinligini, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash, fuqrolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson huquqlarini ta’minlash maqsad qilinganligini e’tirof etdi.
Tadbirda matbuot kotiblari inson huquqlari himoyasini ta’minlash, shu asnoda faoliyat yuritayotgan tashkilot nufuzini ham muhofaza qilishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, mezonlar va prinsiplar hamda boshqa sohaga oid savollarga javob olishdi.