Sud urush boshlanganidan keyin faoliyati cheklangan qo‘yilgan “Novaya gazeta” nashri va “Dojd” telekanalining shikoyatlarini, shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlari haqidagi “obro‘sizlantiruvchi va yolg‘on ma’lumotlar tarqatish” bo‘yicha ma’muriy va jinoiy moddalar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan 178 nafar individual arizachilarni ishini ko‘rib chiqdi.
Sud Rossiya rasmiylarining bu harakatlarini Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining so‘z erkinligi to‘g‘risidagi 10-moddasini buzish deb baholadi. Shuningdek, sud Rossiya arizachilarga ma’naviy zarar uchun 7500 yevro va sud xarajatlari va chiqimlari uchun 850 yevro kompensasiya to‘lashi kerak deya qaror chiqardi.
Ma’lumot uchun, Rossiya 2022 yilda Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasida ishtirokini to‘xtatgan.