Assalomu alaykum. Inson fahsh narsalar haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lsa-yu, lekin bu yo‘ldan qaytmasa, bu nimadan dalolat? Uni qaytarish uchun qanday yo‘l qo‘llashni maslahat berasiz?
Bunday insonni iloji boricha yaxshilar davrasiga tortib, haqqiga ko‘p duoda bo‘lish kerak.
O‘ziga esa Allohning zikrini tavsiya qiling. Namozni ko‘p o‘qisin. Zero Alloh taolo: "Albatta, namoz fahsh va munkar ishlardan qaytarur. Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir" ("Ankabut" surasi, 45-oyat).
Vallohu a’lam.
Mubashshir Ahmad
Manba: azon.uz