Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Innovasion qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonaga press-tur tashkil etildi

Innovasion qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonaga press-tur tashkil etildi

Andijon viloyati hokimligi, «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi, Davlat ekologik ekspertizasi markazi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish viloyat boshqarmasi hamkorligida «Everest bazalt» MCHJga OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda korxona rahbar va xodimlari, mas’ul mutasaddilar, soha mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, korxona mutaxassislari tadbir ishtirokchilari uchun matbuot anjumani. Unda korxona rahbari investisiya loyihasi, mahsulot turi va sifati, ishlab chiqarish jarayoni va quvvati, eksport salohiyatlari haqida to‘liq ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, «Everest bazalt» MCHJ — 2024 yilda o‘z ishini boshlagan bazalt toshi asosidagi yangi avlod issiqlik izolyasiya materiallari ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lib, majmua O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Andijon tumanida joylashgan. Yuqori sifat, texnik va jismoniy afzalliklarning keng doirasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, xaridorga narx va jismoniy xususiyatlar bo‘yicha maqbul bo‘lgan materialni tanlashga zamin yaratadi.

So‘nggi yillarda barcha qurilish loyihalarida energiya tejamkorlik vazifasi qo‘yilmoqda. Shu bois bazalt xomashyosiga talab oshib bormoqda. Tahlillarga ko‘ra, mamlakatimizda bunday mahsulotdan tayyorlangan plitalarga yillik talab 80 ming tonnani tashkil etadi.

Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va jihozlari esa katta hajmdagi ob’ektlarni kerakli miqdordagi issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan ta’minlash, bundan tashqari, oddiy aholi uchun shaxsiy buyurtmalarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Bazalt toshidan yillik 25 ming tonna izolyasion plitalar ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu korxona O‘zbekiston va jahon bozorlariga o‘z mahsulotlarini taqdim etishni rejalashtirgan. Xususan, Rossiya va qo‘shni davlatlarga qariyb 10 million dollarlik eksport qilish ko‘zda tutilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati esa 10 million dollarni tashkil qiladi.

Xitoy davlatining zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan, mahalliy aholi uchun 150 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilgan. Korxonaning barcha mahsulotlari sertifikatlangan bo‘lib, yuqori sifatga ega va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi.

Belgilangan mustahkamlik, kimyoviy hamda issiqlikka chidamlilik va ma’lum elektr izolyasiyalash xususiyatlariga ega bazalt izolyasiya materiallarini ishlab chiqarish uchun mos bazalt jinslarini tadqiq qilish va tanlash bo‘yicha ko‘p ishlar amalga oshirilgan. Bunda kimyoviy tarkibi va ishchi xususiyatlari bo‘yicha kerakli ko‘rsatkichlarga ega bazalt jinslaridan foydalanilgan.

Press-tur davomida OAV vakillari bazalt xom ashyosi, zamonaviy texnologiyalar, kelgusidagi rejalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi. Korxona laboratoriyasida mutaxassislar sinov jarayonlarini amaliy namoyish etishdi.

Shuningdek, press sayohat ishtirokchilari bazalt toshi asosidagi issiqlik izolyasiya materiallarini zamonaviy shaharsozlikda qo‘llash jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

Kiritildi: 11:08 17.10.2024. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!