Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Infantinoning FIFA prezidenti saylovida birinchi raqibi paydo bo‘ldi

Infantinoning FIFA prezidenti saylovida birinchi raqibi paydo bo‘ldi

«Tottenxem» va Shveysariya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Ramon Vega FIFA prezidenti lavozimi uchun nomzodini qo‘yish niyatida ekanini ma’lum qildi.

55 yoshli sobiq futbolchi 2003 yilda faoliyatini yakunlagan. U FIFA prezidenti Janni Infantinoning birinchi rasmiy raqibiga aylandi.

«Futbol har qanday lavozim, har qanday inson yoki har qanday institutdan ustundir. Hozir futbol reanimasiya bo‘limida, hayotni ta’minlab turuvchi apparatga ulangan holatda.

Biz endi kutib o‘tira olmaymiz. FIFAga yangi yo‘nalish va tub islohotlar kerak», — dedi Vega.

Janni Infantino 2016 yil 26 fevral kuni FIFA prezidenti etib saylangan.
2019 yilda ikkinchi muddatga, 2023 yilda esa uchinchi muddatga qayta saylangan.
FIFA prezidenti uchun navbatdagi saylov 2027 yil mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 09:32 08.10.2026. O'qildi: 1103 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik