Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Indoneziyada suv toshqinlari 14 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Indoneziyada suv toshqinlari 14 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Indoneziyaning Shimoliy Sulavesidagi kuchli suv toshqinlari oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Reuters agentligi tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy agentligiga tayanib xabar bermoqda.

Viloyat gubernatori Yulius Selvanus bir necha yuzta uy va ma’muriy binolar vayron bo‘lganini ma’lum qildi.

Dushanba kuni ertalab Siau orolida (Siau Tagulandang Biaro tumani) kuchli yog‘ingarchilik boshlandi va bu suv toshqiniga sabab bo‘ldi. Kamida 444 kishi mahalliy maktab va cherkovlarga evakuasiya qilingan. Qutqaruvchilar va ko‘ngillilar bedarak yo‘qolganlarni qidirmoqda.

Kiritildi: 12:10 06.01.2026. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!