Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi viloyati Manado shahrida joylashgan qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 15 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in bir qavatli binoda yuz bergan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga elektr simlaridagi nosozlik sabab bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.