Bugun 18 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Indoneziyada bortida 11 kishi bo‘lgan samolyot radarlardan g‘oyib bo‘ldi

Indoneziyada bortida 11 kishi bo‘lgan samolyot radarlardan g‘oyib bo‘ldi

Indonesia Air Transport samolyoti Janubiy Sulavesi provinsiyasining Maros shahri yaqinida radarlardan g‘oyib bo‘ldi.

Bu haqda mahalliy Detik portali xabar berdi.

"ATR 400 Janubiy Sulavesi provinsiyasining Maros shahrida aloqani uzdi va uning joylashuvi noma’lumligicha qolmoqda. Indonesia Air Transport ATR samolyoti bortida 11 kishi bo‘lgan", deyiladi maqolada.

Qidiruv-qutqaruv operasiyalari bo‘limi boshlig‘i Andi Sulton bortda sakkiz ekipaj a’zosi va uch yo‘lovchi bo‘lganini tasdiqladi. Samolyot Jakartadan Makassarga yo‘l olgan edi.

"Samolyot halokatga uchragan bo‘lishi ehtimoli yuqori", dedi keyinchalik 14-harbiy okrug qo‘mondoni general-mayor Bangun Navoko Hasanuddin jurnalistlarga.

Yong‘inlar aniqlangan o‘rmonli hududda qidiruv-qutqaruv operasiyalari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!