Indoneziyaning Achex provinsiyasi immigrasiya idoralari uch nafar fransuz fuqarosini mintaqa regenti lavozimiga nomzodning siyosiy kampaniyasiga aloqadorlikda ayblanib, deportasiya qildi.
Bu haqda Jakarta Globe portali xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, 8 oktyabr kuni Fransiyaning uch fuqarosi immigrasiya idoralari tomonidan qo‘lga olingan, so‘ngra deportasiya qilingan.
"Uch erkak siyosiy kampaniyada qatnashib, viza rejimi shartlarini buzdi", — deyiladi portalda.
Fransuzlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan nomzodning nomi rasmiylar tomonidan aytilmagan bo‘lsa-da, nashrning aniqlik kiritishicha, Fransiya fuqarolari dastlab Asexga mahalliy ishlab chiqaruvchilardan, jumladan siyosatchi Said Sani boshqaradigan kooperativdan pachuli yog‘ini sotib olish uchun borgan.
Hozirda u Gayo-Lus tumanida regentlik lavozimiga nomzod.
Fransuzlarning oxirgi tashrifi Said Sani bilan savdo shartnomasini tuzishga qaratilgan edi. Biroq ularning kelishi mahalliy saylovoldi tashviqoti mavsumiga to‘g‘ri kelib, ularning faoliyati yuzasidan xavotir uyg‘otdi.