Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Indoneziya 1000 nafar falastinlikni vaqtincha qabul qilishga tayyor

A A A
Indoneziya 1000 nafar falastinlikni vaqtincha qabul qilishga tayyor

Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto birinchi bosqichda 1000 ga yaqin falastinlikni, jumladan yaradorlarni vaqtincha qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Anadolu.

“Biz yaradorlarni qabul qilishga va ularni tashish uchun samolyotlar jo‘natishga tayyormiz”, – dedi Indoneziya prezidenti.

Antara News xabariga ko‘ra, Prabovo aeroportda Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Misr, Qatar va Iordaniyaga safari oldidan shunday bayonot bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Indoneziya birinchi bosqichda 1000 ga yaqin falastinlikni qabul qilishni rejalashtirmoqda, bunda yaradorlarga ustunlik beriladi.

Subianto, shuningdek, falastinliklar tuzalib ketguncha mamlakatda vaqtincha qolishi mumkinligini aytdi.

“Birinchidan, barcha tomonlarning roziligini olishimiz kerak. Shuning uchun men mintaqa rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazaman", – dedi Indoneziya prezidenti.

Bu reja Falastin ma’muriyati bilan muhokama qilinadi, deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 09:44 10.04.2025. O'qildi: 701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!