Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Imudon dorisining kontrafakt nusxasi aniqlandi

Imudon dorisining kontrafakt nusxasi aniqlandi

Imudon dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqargan korxona moliyaviy jarimaga tortildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Adliya vazirligiga "Abbot Products operation AG" kompaniyasi o‘ziga tegishli Imudon dori vositasining kontrafakt nusxasi sotilayotganligi to‘g‘risida murojaat qilgan.

Murojaatga asosan belgilangan tartibda A MCHJda tekshiruv o‘tkazilganda Imudon dori vositasiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan Nest Imudon nomi ostida kontrafakt dori vositasi ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi.

Ta’kidlab o‘tish joizki A MCHJ ilgari ham Magne B6 dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanganligi uchun korxona rahbari S.F. ma’muriy javobgarlikka tortilgan edi.

Biroq, korxona rahbari S.F. tegishli xulosa qilmasdan noqonuniy harakatlarni sodir etib kelgan. Natijada, "A" MCHJga 68 mln so‘m moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Ma’lumot uchun, "Tovar belgilari, xizmatko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarito‘g‘risida" gi Qonunga ko‘ra tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt deb hisoblanadi.

Kiritildi: 23:50 17.09.2024. O'qildi: 1278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!