Pokiston Jahon ittifoqi (PWA) inson huquqlari tashkiloti Pokistonning sobiq bosh vaziri, eng yirik muxolifat partiyasi — “Adolat uchun harakat” asoschisi Imron Xonni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatdi. Bu haqda The Times of India nashri xabar bermoqda.
“Biz Imron Xonni Pokistonda inson huquqlari va demokratik qadriyatlarni himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatdik”, deyiladi PWA bayonotida.