Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Imron Xon 5 yilga siyosatdan chetlashtirildi

A A A
Imron Xon 5 yilga siyosatdan chetlashtirildi

Pokiston Saylov Komissiyasi korrupsiya ishi bo‘yicha aybdor deb topilib, hibsga olingan sobiq Bosh vazir Imron Xonni 5 yilga siyosatdan chetlashtirishga qaror qildi. Bu haqda TRT xabar berdi.

Saylov komissiyasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Imron Xonning sud tomonidan korrupsiyada aybdor deb topilgan, tegishli qonunlar doirasida uning 5 yil davomida siyosatdan man etilishiga qaror qilingan.

Islomobod Oliy sudi Imron Xonni 490 ming dollarlik sovg‘alarni sotishda va bosh vazir bo‘lgan vaqtida o‘z lavozimidan noto‘g‘ri foydalanganlikda aybdor deb topdi va 3 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Pokiston polisiyasi Xonni 5 avgust kuni sud qarori bilan Lahordagi uyida hibsga olgandi.

Pokiston parlamentida 2022-yil 10-aprelda o‘tkazilgan ishonchsizlik votumida 174 nafar “yo‘q” ovozini olgan Imron Xon hukumati qulagandi.

Mamlakatda uch muddat bosh vazirlik qilgan Navoz Sharifning ukasi Shahboz Sharif 2022-yil 11-aprelda bo‘lib o‘tgan ovoz berishda mutlaq ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatlashi bilan 174 ovoz bilan bosh vazir etib saylangandi.

Kiritildi: 22:52 09.08.2023. O'qildi: 1642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!