O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ilk bor “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqalari hamda “Islom – salomatlik targ‘ibotchisi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda.
Unda shaxmat, shashka, stol tennisi, kurash va yana bir necha sport turlari bo‘yicha musobaqalar, ko‘rgazmali chiqishlar bo‘lib o‘tmoqda.
Festival Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlashga qaratilgan tadbirlar doirasida tashkil etilgan.