Taniqli milliarder, Space X kompaniyasi asoschisi Ilon Maskning onasi Mey Mask O‘zbekistonga kelgan.
U Toshkentda joylashgan Central Asian Expo ko‘rgazma markazida chiqish qilishi rejalashtirilgan. Mazkur marosim chiptalari allaqachon sotuvga chiqarilgan edi.
Mey Mask — kanadalik va janubiy afrikalik model hamda “Rejali ayol” kitobining muallifi hisoblanadi.
Ilon Maskdan tashqari, Mey Maskning yana ikki nafar farzandi bor: bir o‘g‘il va bir qiz. O‘g‘li — Kimbala Mask restoranlar tarmog‘iga ega. Qizi Toski Mask esa Golivudda rejissyor va prodyuser sifatida faoliyat yuritadi.