Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ilon Maskga tegishli bo‘lgan SpaceX kompaniyasining Texas shtatidagi Starbase bazasi alohida shahar maqomini oladi — The New York Times

Ilon Maskga tegishli bo‘lgan SpaceX kompaniyasining Texas shtatidagi Starbase bazasi alohida shahar maqomini oladi — The New York Times

"Mahalliy aholi bu qarorni deyarli 98% ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi. Bunday natija kutilgan edi, Kameron okrugidagi taxminan 3,9 kv.km hududni egallagan va Boka-Chika qishlog‘i nomi bilan tanilgan hududda asosan Starbase xodimlari, jumladan Maskning o‘zi yashaydi. Bu yerda atigi 500 ga yaqin odam istiqomat qiladi. Shaharning meri etib yagona nomzod — SpaceX'ning sinovlar va parvozlar bo‘yicha vise-prezidenti Bobbi Peden saylandi.

Shahar maqomi qurilish va turli ruxsatnomalarni nazorat qilish, 1,5 foizgacha mulk solig‘ini undirish, mahalliy qonunlarni qabul qilish, shuningdek raketa uchirishlar vaqtida yo‘l va plyajga kirishni yopish huquqini beradi.

Biroq qo‘shni hududlarda yashovchi aholining bir qismi bu tashabbusga qarshi. Ular kompaniyani atrof-muhitga zarar yetkazishda ayblamoqda. Qayd etilishicha, 2024 yilda oqova suvlarini oqizib yuborganlik uchun kompaniyaga deyarli 150 000 dollar jarima solingan.

Kiritildi: 13:41 05.05.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!