Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari haqida kitob yozayotganini ma’lum qildi.
Bu haqda u o‘zining tvitterdagi sahifasida aytib o‘tdi.
“Tesla” va “SpaceX”, Yer va Mars haqida hikoya qilish vaqti keldi», deb yozgan tadbirkor.
Avvalroq Maskning boyligi bir hafta ichida 11,5 milliard dollarga ko‘paygani xabar berilgandi. Tadbirkorning yil davomida boyligi oshishining asosiy sababi “Tesla” kapitallashuvining o‘sishi bo‘ldi. 2020 yil boshida u 100 milliard dollardan kam edi, bugungi kunda 800 milliard dollardan oshdi.