Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ilon Mask Sem Altmanga yutqazdi

Ilon Mask Sem Altmanga yutqazdi

Shimoliy Kaliforniya (AQSh) federal okrug sudida hakamlar hay’ati milliarder Ilon Maskning OpenAI rahbariyati, jumladan, uning bosh direktori Sem Altmanga qarshi da’vosini rad etdi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

Qaror bir ovozdan qabul qilindi. Hakamlar hay’atining ta’kidlashicha, Mask bunday ishlar uchun da’vo muddati o‘tganidan keyin ish qo‘zg‘atgan.

Sud hay’ati sud jarayonining uch haftasi davomida ichki yozishmalarni o‘rganib, tomonlarning ko‘rsatmalarini tingladi va ikki soatlik muhokamadan so‘ng hukm chiqardi.

Yakuniy qarorni sudya Ivonne Gonsales Rojers chiqaradi, biroq u allaqachon o‘z qarori hakamlar hay’ati qaroriga mos kelishini aytdi.

«O‘ylaymanki, hakamlar hay’atining xulosasini tasdiqlovchi yetarli dalillar mavjud, shuning uchun men ishni zudlik bilan to‘xtatishga tayyorman», dedi u.

Ilon Maskning da’vosida aytilishicha, u OpenAI notijorat tadqiqot loyihasiga 38 million dollarga yaqin sarmoya kiritgan, kompaniya bosh direktori Sem Altman va kompaniya prezidenti Greg Brokman esa dastlabki kelishuvlarni buzib, sun’iy intellekt ishlanmalaridan daromad olishga e’tibor qaratgan. Mask ta’kidlaganidek, ular startapni notijorat tashkilot sifatida rivojlantirishi va jamiyat farovonligi yo‘lida sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlar olib borishi kerak edi.

Mask Altman va Brokmanni OpenAI boshqaruvidan chetlatishni, kompaniyaning tijorat bo‘limi faoliyatini to‘xtatishni va unga yetkazilgan zararni qoplashni talab qildi, uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu 150 milliard dollarga yetishi mumkin. U bu mablag‘ni OpenAI notijorat bo‘linmasiga topshirishga va’da bergan edi.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!