Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ilon Mask Pensilvaniyadagi saylovoldi mitingida Trampni qo‘llab-quvvatladi

Ilon Mask Pensilvaniyadagi saylovoldi mitingida Trampni qo‘llab-quvvatladi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp 13 iyul kuni o‘ziga suiqasd uyushtirilgan Pensilvaniya shtati Batler shahrida saylovoldi tashviqoti yig‘ilishida nutq so‘zladi.

X platformasi (sobiq Twitter) egasi Ilon Mask Balter mitingida Trampni qo‘llab-quvvatladi, Tramp uni “aql bovar qilmaydigan kelajak qurishimizga yordam berayotgan ajoyib inson... u so‘z erkinligini saqlab qoldi va ko‘plab ajoyib narsalar yaratdi”, deya ta’rifladi.

"Amerikada Konstitusiya va demokratiyani saqlab qolish uchun prezident Tramp saylovda g‘alaba qozonishi kerak", dedi Mask o‘z nutqida.

Tramp mitingda deyarli bir yarim soat nutq so‘zladi va uni “Amerika orzusini qaytarish” va “har bir oilaga farovonlik” va’dasi bilan yakunladi.

Kiritildi: Bugun 11:48. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!