Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ilon Mask Isroilda

Ilon Mask Isroilda

Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi, X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask Isroilga yetib keldi, deya xabar beradi Reuters.

Ilon Mask Tel-Avivga shaxsiy samolyotda yetib keldi. Uning Isroil prezidenti Isxak Gersog, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan uchrashishi, shuningdek, G‘azo sektori chegarasi yaqinidagi Isroil qishloqlariga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ilon Mask 7-oktyabr kuni Xamas hujumi sodir etilgan Kibbutz Kfar Aza shahriga keldi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Qatar vositachiligida erishilgan to‘rt kunlik sulh doirasida Isroil va HAMAS o‘rtasida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Kiritildi: 22:10 27.11.2023. O'qildi: 2521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!