Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ilon Mask Grokipedia platformasini qayta nomlamoqchi

Ilon Mask Grokipedia platformasini qayta nomlamoqchi

Texnologik milliarder Ilon Mask o‘zining yangi loyihasi – Grokipediya (Grokipedia) “etarli darajada yaxshi” bo‘lgach, uning nomini o‘zgartirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

"Grokipedia yetarli darajada yaxshilanganda (bu hali uzoq yo‘l), biz nomini Encyclopedia Galactica ga o‘zgartiramiz", - deb yozgan Mask o‘zining X postida.

Vikipediyaga muqobil sifatida ishga tushirilgan platforma Grok sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan 885 279 ta maqola bilan boshlandi, maqolalar tizim tomonidan «faktcheking»dan o‘tkaziladi, foydalanuvchilar esa faqat kontentni yaxshilash bo‘yicha takliflar qoldirishi mumkin.

"Bu ochiq manba bo‘lib, barcha bilimlarni, jumladan, audio, tasvirlar va videolarni birlashtiradi", - deya qo‘shimcha qildi Mask foydalanuvchilarni "Iskandariya kutubxonasining ilmiy-fantastik versiyasini" yaratishda yordam berishga taklif qildi.

Kiritildi: 22:12 15.11.2025. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!