Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Ilon Mask birinchi trillionerga aylanishi mumkin

Ilon Mask birinchi trillionerga aylanishi mumkin

«The Guardian» nashrining yozishicha, Ilon Mask agar SpaceX kompaniyasining bo‘lajak IPO'si (aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish) muvaffaqiyatli o‘tsa, dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, SpaceX kelgusi haftadayoq amalga oshishi mumkin bo‘lgan aksiyalarni joylashtirish orqali taxminan 75 milliard dollar mablag‘ jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya har bir aksiyani 135 dollardan 555,6 million dona aksiya sotishni ko‘zlamoqda. Agar joylashtirish muvaffaqiyatli o‘tsa, kompaniyaning bozor qiymati 1,77 trillion dollarga yetishi mumkin.

Gazeta bu fond bozori tarixidagi eng yirik IPO bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: Bugun 13:56. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!