Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Ilohiy jazo" yoxud chaqmoq haqida siz bilmagan haqiqatlar

"Ilohiy jazo" yoxud chaqmoq haqida siz bilmagan haqiqatlar

Chaqmoq – bu salobat, afsona va qo‘rquv. Bu o‘rganish ishlari davom etayotgan sir, Osmon bilan Yerni bir-biriga bog‘lab turadigan porloq «uchqun ip»lar. Ushbu tabiiy elektr hodisasi haqida birinchi ma’lumotlar 1750 paydo bo‘lgan.

Yashin asrlar davomida o‘rganib kelinmoqda. Qanday qilib bulutda zaryad  paydo bo‘ladi, nima uchun momaqaldiroq paytida gamma yoki kvantlar taraladi – bu savollarga hali-hanuz javob topilmagan. Bugun chaqmoq to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishamiz.

Chaqmoqning o‘rtacha uzunligi deyarli o‘n kilometrga teng

Chaqmoqlar har xil bo‘ladi. Ular chiziqli, marvaridli, tiniq yashin, marjon ketma-ketligidagi chaqnab turgan shakllanishlardir. Chiziqli chaqmoq eng keng tarqalgan, yupqa plazma kanali bo‘ylab bulutdan yerga qarab atmosferada elektr zaryadi harakat qiladi. Aynan shu turi odamzodga tanish.

Bu sertarmoq chiziq. Ushbu tabiiy hodisa olib keladigan energiya yorug‘lik, tovush, issiq energiya shaklida amalga oshadi.

Chaqmoq harorati quyosh yuzasi haroratidan besh marta yuqori bo‘lishi mumkin. Bu haqiqat. Chunki bu ko‘rsatkich selsiy bo‘yicha 27771 darajaga teng.

Ba’zida chaqmoq ilohiy jazo bilan tenglashtirilgan

Barcha qadimiy madaniyatlarda yashin kuch, tezlik, harakat ifodasi belgisi bo‘lib, xizmat qilgan va osmon bilan yerni bog‘laydigan ilohiy irodaning ramzi hisoblangan. Chaqmoq urgan joylar esa muqaddas hisoblangan.

Hozirgi vaqtda o‘tmish afsonalariga ahamiyat berilmaydi. Kulgili jihati shundaki, Yunonlar agar chaqmoq dengizga tushsa, marvaridlar ko‘payishiga ishongan.

Aseklarda chaqmoq marhumlarga hamrohlik qiladi, u yerni tilib, tanani uning tubiga yetib borishini osonlashtiradi, degan fikr bo‘lgan.

Inson tanishgan birinchi shisha bo‘laklari tabiiy holda paydo bo‘lgan

Uzoq vaqt davomida Yer yuzida katta miqdordagi energiya ajralib chiqqanda va tuproq tarkibi shisha hosil bo‘lishiga mos kelgan bir paytda tabiat har safar tabiiy ravishda oynani yaratadi. Aynan qumli tuproq fulgurit (fulgur – yunoncha chaqmoq) deb nomlangan tabiiy shishani olishga imkon beradi. Chaqmoq ho‘l qumga tushganda shisha hosil bo‘lib, fulguritlar murakkab, jimjimador shakllarga ega bo‘ladi.

Chaqmoqning samolyotga urish holatlari ham qayd etilgan

Ushbu holatlar tavsifi va fotosuratlari tasavvurni hayratda qoldiradi. Axir bu 1 milliard joul elektr toki urishi degani. Bunga qarshi tayyorlangan samolyot qoplamasi - o‘tkazgich dokaga o‘xshash metall to‘ri butun samolyotni himoya qiladi. Bundan tashqari, samolyot reysga qo‘yilishidan oldin chaqmoq urishi simulyasiyasi tekshiriladi. Demak, yo‘lovchilar xavfsizligi kafolatlangan.

Chaqmoq bir joyga ikki marta, hatto uch marta ham uriladi

U shakllangan kanal orqali bir necha marta o‘tadi. Chunki bu yerda eng kam qarshilik mavjud va oldin urgan joyga uriladi. Odamlar esa bu hodisani shunchaki miltillash, deb biladi. Moskvaning "Ostankino" teleminorasiga yiliga 50 marta chaqmoq tushadi. Bu inshoot ulkan yashin qaytargich vazifasini ham bajaradi.Arktika va Antarktidada momaqaldiroq juda kam uchraydi. O‘rtacha statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, yiliga har bir kvadrat kilometr yerga 2-3 ta chaqmoq uriladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yashin urishi va yotoqdan yiqilishdan o‘lim ehtimoli taxminan teng

Bu yerda baxtsiz hodisalar qonuni kuchga kiradi. Har ikki million kishiga bir holat to‘g‘ri keladi.

Afrikaning Uganda davlatida joylashgan Tororo shahrida yiliga 250 kunga yaqin momaqaldiroq bo‘ladi

Bu juda aniq ko‘rsatkich. Aholi punktining geografik joylashuvi bu joylarga ofatning keng tarqalishini taqozo etadi. Bu joy dunyodagi eng momaqaldiroqli sanaladi.

Amerikalik Roy Sallivan 7 marta chaqmoqdan omon qoldi

Ushbu afsonaviy odam Ginnesning rekordlar kitobiga yashin qaytargich odam sifatida kirdi. Tabiiy hodisa bilan har bir uchrashuvi erkak tanasida jarohatlar qoldirdi. Bir kuni oilasi yashaydigan uyning hududida uning turmush o‘rtog‘i yuvgan kiyimlarni osayotganida jarohat olgan.

Olimlar ushbu hodisani Royning momaqaldiroqli hududda yashaganligi va uning ish faoliyatida (Milliy bog‘ qo‘riqchisi) chaqmoq urish ehtimoli yuqori bo‘lganligi bilan izohlashdi.

1998 yilda Kongo Demokratik Respublikasida futbol maydonida yashin urishi oqibatida butun bir jamoa – 11 kishi halok bo‘lgan

Futbol maydonidagi barcha o‘yinchilar bir zumda vafot etdi. Sportchilar 20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan. Ajablanarlisi, raqib jamoadan bir kishi ham jarohat olmadi.

Futbol bugungi kunda ham tabiat hodisalaridan eng ko‘p sonli o‘lim qayd etilgan yagona sport turi bo‘lib qolmoqda.

Bahora MUHAMMADIYEVA tayyorladi.

Kiritildi: 03:00 24.11.2020. O'qildi: 6352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!