Ilk bor sun’iy intellektdan foydalanuvchi kompyuter virusi ESET Research Labs mutaxassislari tomonidan aniqlandi. Bu virus PromptLock deb nomlanadi.
Ushbu ransomvar dastur lokal II modeliga o‘zgarmas promptlarni yuborib, real vaqtda Lua skriptlari yaratadi. Ular zararlangan qurilmaning fayl tizimini skanerlab, kerakli ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi yoki shifrlaydi.
PromptLock skriptlari Windows, Linux va macOSda bir xil ishlaydi va operasion tizimga moslashtirishni talab qilmaydi. Hozirda virus prototip bo‘lib, uning ommaviy tarqalishi aniqlanmagan.