Ozarboyjon prezidenti bu haqda samolyot halokatida halok bo‘lgan ekipaj a’zolarining oila a’zolari va tirik qolganlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
"Ishonch bilan ayta olamanki, Ozarboyjon fuqarolarining halok bo‘lishida Rossiya vakillari aybdor. Biz adolat, aybdorlar jazolanishini va to‘laqonli shaffoflikni talab qilamiz”, — deya ta’kidladi Aliyev.
Ozarboyjon yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, hozirda samolyot qora qutilarini ochish jarayoni davom etmoqda.
"Rossiya Qurolli Kuchlari va davlat xizmatlari o‘rtasida muvofiqlashtirilgan holda Azerbaijan Airlines samolyoti bilan bog‘liq fojianing oldini olish mumkin edi", — deya qo‘shimcha qildi Aliyev