Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.K. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 300 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 354 kg paxta, 6 dona uskuna jami 189,3 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.X.ning Buvayda tumani “Xo‘jaobod” MFY hududida tashkil etgan yashirin sexidan 712 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 874 kg chigit va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.