Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Ikki qizni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayol qo‘lga tushdi

Ikki qizni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayol qo‘lga tushdi

Toshkent viloyati Bekobod shahri va O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 21 yoshli ikki nafar qizlar (S.T. va M.M.)ni aldab, mo‘may daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Istanbul shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi.

Nurafshon shahrida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan ayol (N.K.) ushbu jinoyati ustida Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirda daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:31 21.01.2025. O'qildi: 946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!