Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Ikki kun ichida 50 dan ortiq G‘azo bolalari o‘ldirildi

A A A
Ikki kun ichida 50 dan ortiq G‘azo bolalari o‘ldirildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNICEF agentligining ma’lum qilishicha, G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya shahrida juma va shanba kunlari orasida 50 dan ortiq bola halok bo‘lgan.

UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel shanba kuni «zarbalar yuzlab odamlar boshpana topgan ikkita turar-joy binosini vayron qilganda halok bo‘lgan» dedi.

U shuningdek, shanba kuni G‘azo sektorida poliomiyelitga qarshi emlash kampaniyasi xodimlariga ikki marta hujum qilinganini eslatib o‘tdi: bir holatda UNICEF xodimlarining mashinasi o‘qqa tutilgan, biroq hech kim jabrlanmagan; ikkinchisida esa kamida uchta bola esklav shimolidagi Shayx Radvandagi emlash klinikasi yonida yaralangani xabar qilingan.

Rassel hujumlarni «G‘azo sektoridagi tinch aholini beg‘araz nishonga olish dahshatli oqibatlarining yana bir misoli» deb atadi.

Kiritildi: 22:00 03.11.2024. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!