Marokashda qo‘shma "Afrika sheri" mashqlarida ishtirok etayotgan ikki AQSh armiyasi askarining bedarak yo‘qolishi terrorchilik tahdidi bilan bog‘liq emas.
Bu haqda Marokash qurolli kuchlaridagi yuqori martabali manba Hespress nashriga ma’lum qildi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Kap-Draa hududida amerikalik askarlarning bedarak yo‘qolishi hech qanday maqsadli terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq emas.
Manbaning ta’kidlashicha, qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda va tegishli xizmatlar tez orada bedarak yo‘qolgan askarlarni topishga umid qilmoqda.
Portalning so‘zlariga ko‘ra, ikki askar oxirgi marta Kap-Draa o‘quv poligoni yaqinida joylashgan qirg‘oq jarlik yonida ko‘rilgan. Ular jarlikdan Atlantika okeaniga tushib ketgan bo‘lishi mumkin.
Qidiruv ishlarida Marokash va AQSh qurolli kuchlarining samolyotlari, vertolyotlari va dronlari ishtirok etmoqda. Operasiyada harbiy g‘avvoslar va alpinistlar ham ishtirok etmoqda.
Bedarak yo‘qolganlarni qidirish uchun katta miqdordagi insoniy va texnik resurslar safarbar qilingani ta’kidlanmoqda.