2026 yilgi World Happiness Report 2026da ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlar yoshlar farovonligiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hisobot mualliflariga ko‘ra, so‘nggi 15 yil ichida yoshlar o‘rtasida baxt va qoniqish darajasi ancha pasaygan. Bu holat, asosan, ijtimoiy tarmoqlardan ortiqcha foydalanish bilan bog‘lanmoqda. Mutaxassislar bunday ta’sirni “aholi miqyosida zarar” deb baholamoqda.
Shu bilan birga, hisobotda Finlyandiya ketma-ket to‘qqizinchi yil dunyoda eng baxtli mamlakat sifatida e’tirof etilgani qayd etilgan.
Mualliflar yoshlar o‘rtasidagi farovonlik pasayishi global tendensiyaga aylanayotganini va bu holat ijtimoiy, psixologik hamda iqtisodiy omillar bilan bog‘liq ekanini ta’kidlashgan.