Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Ijtimoiy tarmoqlar va bolalardagi ruhiy tushkunlik o‘rtasida bog‘liqlik aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlar va bolalardagi ruhiy tushkunlik o‘rtasida bog‘liqlik aniqlandi

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot o‘smirlarda depressiya va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatdi. San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq vaqt o‘tkazishi bilan ulardagi depressiya alomatlari kuchayadi, degan xulosaga keldi.

Universitetning pediatriya kafedrasi dosenti, tibbiyot fanlari doktori Jeyson Nagata boshchiligidagi olimlar jamoasi 9 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 12 mingga yaqin bolalar va uch yildan so‘ng 12 va 13 yoshli bolalar ma’lumotlarini tahlil qildi.

Aniqlanishicha, o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda qancha ko‘p vaqt o‘tkazsa, ularning ruhiy tushkunlik alomatlari shunchalik og‘irlashgan. Ammo buning aksi emas, yanada og‘ir ruhiy tushkunlik ishtirokchilarning ijtimoiy tarmoqlardan tez-tez foydalanishiga olib kelmagan.

Tadqiqotning uch yili davomida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi kuniga o‘rtacha 7 daqiqadan 73 daqiqagacha oshgan. Ularning depressiya belgilari 35 foizga ko‘paygan. Tadqiqot natijalari JAMA Network Open portalida chop etildi.

Eslatma, yangilik ko‘rinishidagi materiallarni shifokor tashxisi bilan tenglashtirmaslik kerak. Qaror qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.

Kiritildi: 19:23 23.05.2025. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!