Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Ijtimoiy tarmoqda shov-shuv bo‘lgan 108 yoshli opasini ko‘rgani borgan 105 yoshli namanganlik otaxon Yassaviy avlodidan ekan

Ijtimoiy tarmoqda shov-shuv bo‘lgan 108 yoshli opasini ko‘rgani borgan 105 yoshli namanganlik otaxon Yassaviy avlodidan ekan

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda 108 yoshli opasini ko‘rgani borgan 105 yoshli otaxonning suhbati aks etgan video tarqaldi. Undagi ikki keksa jigarning suhbatini ko‘rgan borki, xavasda bo‘ldi.

"Zamon" informasion dasturi ijodkorlari 105 yoshli otaxonning uyida bo‘lishdi.

Ma’lum qilinishicha, Ibrohim otaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasiga 1924 yil deb yozilgan. Ammo u paytlarda bola o‘zini esini taniganidan keyin guvohnoma qayd etilgan. Otaning farzandlari o‘zining yoshi katta qarindoshlaridan Ibrohim otaning yoshlari aslida 105-106 ekani haqida bilganlar. Bu nuroniy inson 5 marta muqaddas Haj ibodatini ado etgan. Eng ahamiyatli ma’lumot shuki, Ibrohim ota Xo‘ja Ahmad Yassaviy avlodidan ekan. Buni isbotlovchi hujjatlari ham o‘zlarida saqlanmoqda. Unga ko‘ra otaxonning otasi asli turkistonlik bo‘lib, Xo‘ja Ahmad Yassaviyning 7-avlodi hisoblanadi. Shuningdek, hozirda Ahmad Yassaviy yozuvi bitilgan misdan yasalgan muhr ham Ibrohim otada saqlanmoqda. Otaxonning aytishicha, bu muhr shajaradan faqat unda bor. 

Ibrohim ota 40 yil avval turmush o‘rtog‘idan ayrilgan va shundan so‘ng yolg‘iz o‘zi farzandlarini tarbiyalab, uyli-joyli qilgan. Otaxon uzoq umr ko‘rish siri halol mahnat qilib, yashashda deb ta’kidlaydi. 60dan ortiq nabiraning 40-si bo‘lmish Afzalxonning aytishicha, otaxon sut-qatiq mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilar ekanlar. 

Ibrohim otaning opalari Gavharxon ona ham Namangan tumani markazida istiqomat qilar ekan. Onaxonning 6 farzandi bo‘lib, hozirda ular kenja farzandlari bilan yashaydilar.

Kiritildi: 06:00 27.02.2021. O'qildi: 5056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!