Germaniya bo‘ylab dorixonalar 23 mart kuni xodimlarining butun mamlakat bo‘ylab ish tashlashi tufayli yopiladi.
Bu haqda mahalliy Bild gazetasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, norozilik namoyishida 160 mingdan ortiq odam ishtirok etadi.
Nashr dorixona xodimlari "surunkali mablag‘ yetishmasligi"dan norozilik bildirayotganini ta’kidlaydi. Ular Berlin, Gannover, Dyusseldorf va Myunxenda namoyishlar o‘tkazishlari kutilmoqda.
"Bizning dorixonalarimiz, dori-darmonlar ta’minoti va Germaniya aholisi uchun sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq vaziyat uzoq vaqtdan beri tarang bo‘lib kelmoqda", - deya iqtibos keltiradi Bild Germaniya dorixonalari Federal assosiasiyasi rahbari Tomas Preis. "Dorixona xodimlarining maoshlari oxirgi marta 13 yil oldin oshirilgan edi, garchi bu davrda qo‘shimcha xarajatlar 65% dan ortiqqa oshgan bo‘lsa ham", dedi u.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yildan beri Germaniyadagi dorixonalarning umumiy sonining 20% yopilgan.