Bugun 17 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

IIV: 2021 yildan fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi

A A A
IIV: 2021 yildan fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro press-klub sessiyasida ma’lum qilindi.

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov so‘zlariga ko‘ra, kelgusida fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi.

“2021 yildan fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi va fuqarolar elektron tartibda ro‘yxatga olinib, ID kartalardan foydalaniladi”, - dedi SH. G‘iyosov.

O‘z navbatida, “Adolat” sosial-demokratik partiyasi vakili Kamola Hamidova partiya hozirgi propiska tizimi bo‘yicha qanday pozisiyada ekanini aytib o‘tdi.

“Adolat sosial-demokratik partiyasi hozirgi fuqarolarni propiska va ro‘yxatga olish tizimidan norozi”, - dedi K. Hamidova.

Kiritildi: 18:45 11.12.2019. O'qildi: 2057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!