Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi tasdiqlandi

Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlari faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomda ichki audit xizmati tashkil etilgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ichki audit xizmatlari rahbari va xodimi faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash, ularni rag‘batlantirish va reytingini yuritish tartibi belgilandi.

Ichki audit xizmatlari xodimi faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari etib byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olishdagi natijalari, masofaviy nazoratni amalga oshirishdagi natijalari, ichki audit yillik rejasida xodim mas’ul bo‘lgan ichki audit tadbirlarining o‘tkazilishi hamda xodim tomonidan berilgan taklif va tavsiyalarning ichki audit ob’ektlari tomonidan bajarilishi belgilandi.

Xodim faoliyatining samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash natijalari har chorak hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasiga qadar belgilangan shaklda baholash tizimini joriy etish va ishlashini monitoring qilish bo‘yicha mas’ul tarkibiy tuzilmaga kiritiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga xodim faoliyatining samaradorligi yig‘ma ko‘rsatkichlari va uning baholanishi bo‘yicha ma’lumotlar hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar taqdim etiladi.

Kiritildi: Bugun 10:19. O'qildi: 211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!