Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Husiylar Isroilga zarba berishdi

 Husiylar Isroilga zarba berishdi

Yamanning hutiylar harakati Isroilning Ben Gurion xalqaro ayeroportiga hujum uyushtirilganini zimmasiga oldi. Husiylar vakili Yahyo Sarining aytishicha, operasiya “Jaffa” deb nomlangan ikkita dron yordamida amalga oshirilgan va “maqsadiga erishgan”.

Sarining aytishicha, hujum Falastin xalqi va qarshilik jangchilari bilan birdamlik va Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga javob sifatida amalga oshirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hutiylar G‘azoni o‘qqa tutish to‘xtab, blokada olib tashlanmaguncha hujumlarini davom ettiradi.

Isroil armiyasining ma’lum qilishicha, "sharqiy yo‘nalishdan" uchirilgan uchuvchisiz samolyot tutib olingan va mamlakatning bir qancha hududlarida havo hujumi sirenalari eshitilgan.

Isroil matbuotiga ko‘ra, dron Yaman hududidan uchirilgan va Misr bilan chegara yaqinida urib tushirilgan.

Bu harakatning Isroilga birinchi hujumi emas. 4-may kuni hutiylar Ben Gurion ayeroportida ballistik raketa uchirilganini e’lon qilgan edi, shundan so‘ng bir qator aviakompaniyalar Isroilga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga javoban 5 may kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Xodeyda porti va Bajildagi sement zavodiga zarba berdi, 6 may kuni esa Sano xalqaro ayeroportiga zarba berdi.

G‘azoda janglar boshlanganidan beri husiylar Isroilga muntazam hujum qilib keladi. 12-kanal xabariga ko‘ra, Yamandan 49 ballistik raketa uchirilgan.

Kiritildi: 21:25 05.06.2025. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!