Yamanning hutiylar harakati Isroilga ikkita ballistik raketa uchirdi, deya xabar beradi Isroil OAV. Yahudiy davlatining 30 ta shahrida sirenalar yangradi.
18-martdan beri Isroil armiyasi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzgan holda quruqlikdagi operasiyalarni qayta boshlaganidan so‘ng, Yaman hutiylari Isroil tomon 20 dan ortiq ballistik raketalar va bir nechta uchuvchisiz uchoqlarni uchirdi.
Mart oyi oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp hutiylar “tinchlik istashlarini” aytdi, chunki AQSh havo hujumlari, Amerika prezidenti ta’biri bilan aytganda, “juda va juda kuchli” bo‘lgan va “ularni o‘z qadamlaridan yiqitgan”. Trampning bayonotidan bir kun o‘tib hutiylar yahudiy davlati tomon ikkita ballistik raketa uchirdilar.