Yamanning "Ansor Alloh" isyonchi harakatidagi husiylar ballistik raketa yordamida Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportiga hujum qildi.
Bu haqda isyonchilar tomonidan tuzilgan qurolli kuchlar vakili Yahyo Sariya isyonchilarga tegishli "Al Masirah" telekanali efirida ma’lum qilgan.
"Raketa qo‘shinlari harbiy operasiya o‘tkazib, "Zulfiqor" tipidagi ballistik raketa yordamida Lod aeroportiga (Ben Gurion) hujum qildi", — dedi u.