Reuters keltirgan Kpler ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kuni Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali atigi 4 ta yuk kemasi o‘tgan. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 10 ta, so‘nggi o‘n kunlik o‘rtacha ko‘rsatkich esa qariyb 13 ta edi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi dunyo energetika bozori uchun strategik ahamiyatga ega. To‘qnashuvdan avval jahonda iste’mol qilinadigan neftning qariyb beshdan bir qismi shu yo‘l orqali tashilar edi.
3 sentyabr kuni geosiyosiy xavflar ta’sirida neft narxi yana ko‘tarilib, bir barrel uchun 96 dollardan oshdi. Oltin narxi ham xavfsiz aktivlarga talab ortishi fonida o‘sdi.
Bu holat neft import qiluvchi davlatlarda yoqilg‘i va logistika xarajatlariga bosimni kuchaytirishi mumkin.