Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Hurmuz bo‘g‘ozida kema yonayotgani ma’lum qilindi

Hurmuz bo‘g‘ozida kema yonayotgani ma’lum qilindi

Hurmuz bo‘g‘ozida Ummonning Xasab shahri sohillaridan 9 dengiz mili shimolda kema bilan bog‘liq hodisa yuz berdi. Kema kapitani yong‘in chiqqanini ma’lum qilgan. Bu haqda Britaniya dengiz savdo operasiyalari tashkiloti (UKMTO) xabar berdi.

«Tasnim» agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hozircha kema ekipajining ahvoli, yetkazilgan zarar miqdori va hodisaning atrof-muhitga ta’siri haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Hodisaning sabablari va yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ham hozircha qo‘shimcha tafsilotlar yo‘q.

Kiritildi: 18:14 29.10.2026. O'qildi: 734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik