11 mingga yaqin aholisi bo‘lgan Tinch okeanidagi kichik Tuvalu davlati butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida. Dengiz sathining ko‘tarilishi tufayli 2100 yilga kelib uning hududining 95 foizi suv ostida qoladi, deb taxmin qilmoqda olimlar.
O‘z tarixi, madaniyati va hukumat faoliyatini saqlab qolish uchun Tuvalu Digital Nation loyihasini ishga tushirmoqda.
Bu haqda birinchi marta mamlakat tashqi ishlar vaziri Saymon Kofe 2022 yilda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ma’lum qilgan. Loyiha AR va VR texnologiyalaridan foydalangan holda metaversedagi orollarning virtual nusxasini yaratishni o‘z ichiga oladi.
"Biz Tuvalu ruhi raqamli dunyoda yashashini istaymiz", dedi Kofe. Shuningdek, u fuqarolarni milliy xotira arxiviga hikoyalar, ovozlar va raqslarni qo‘shishga undadi.
Biroq davlatning raqamli sohaga o‘tishi xalqaro huquqning murakkab masalalarini ko‘taradi. Normlarga ko‘ra, davlat hududiga ega bo‘lishi kerak. Iqlim o‘zgarishi tufayli yer yo‘qotilishi Tuvalini suveren sub’ekt maqomidan mahrum qilishi mumkin.
Tuvalu hukumati davlatlarni hatto jismoniy hududsiz ham suverenitetini tan olishga chaqirdi. Falepili ittifoqi deb nomlanuvchi Avstraliya bilan ham tuvalularga bosqichma-bosqich ko‘chib o‘tish imkonini beruvchi kelishuv mavjud.
✍️ Oksford universiteti professori Gay S. Gudvin-Gill Tuvalu maqomi masalasi boshqa davlatlar tomonidan tan olinishiga bog‘liqligini ta’kidladi.
“Raqamlashtirish jamoaviy identifikatsiyaning bir qismiga aylanib bormoqda. Kelajakda bu xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishi mumkin”, - deydi u.
Avstraliya Milliy universiteti professori Donald Rotvellning qo‘shimcha qilishicha, jahon hamjamiyati, jumladan, BMT ham bu muammoni xalqaro huquq doirasida hal qilishdan yiroq.
❕ Biroq, Tuvalu tajribasi iqlim o‘zgarishi sababli xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan boshqa mamlakatlar uchun pretsedent bo‘lishi mumkin.