Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov Bog‘ot yengil sanoat va servis texnikumiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida texnikumga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek moddiy-texnik bazasi yaxshilandi.
Baxtiyor Nasimov texnikumning o‘quv-moddiy bazasi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv va o‘quv amaliyot xonalari, internet tarmog‘i hamda undan foydalanish holati, issiqlik tizimi, shu bilan birga hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
«O‘quvchilarga bilim olishi uchun barcha sharoitni yaratib berish kerak. Hozirgi davr yoshlariga sabrdan ko‘ra tezkorlikni o‘rgatish zarur. Chunki zamon shuni talab qilmoqchi. Siz o‘ylagan innovasion 10 kundan keyin boshqaning nomidan e’lon qilinishi mumkin. Chunki vaqt bizni kutib turmaydi. Ko‘proq o‘rganish, tajriba qilish, amaliyot o‘tash eng samarali vositaga aylanmoqda», deydi prorektor.