Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Homiladorlik davrida va bola tug‘ilgandan keyin bir yil muddatgacha er ajrimga da’vo ochishga haqli emas

Homiladorlik davrida va bola tug‘ilgandan keyin bir yil muddatgacha er ajrimga da’vo ochishga haqli emas

— Turmush urtog‘im ajrashish uchun sudga ariza topshirgan. Hozirda 2 oylik xomiladorman. Ushbu holda erim men bilan ajrasha oladimi?

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.

— Oila kodeksining 39-moddasiga muvofiq, xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas. Mazkur qoida bola o‘lik tug‘ilgan yoki bir yoshga to‘lmay vafot etgan hollarga ham tatbiq etiladi.

Xotinning nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga roziligi bo‘lmagan hollarda, sudya da’vo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar u qabul qilingan bo‘lsa, sud Fuqarolik prosesssal kodeksi talablari asosan arizani ko‘rmasdan qoldiradi.

Kiritildi: 14:16 20.02.2021. O'qildi: 1985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!