Navoiy viloyatida amaldor paxta-yig‘im terimi sabab jazolandi. Karmana tumani hokimi o‘rinbosari Shohruh Xayriddinovga hayfsan berildi. Bu bo‘yicha tegishli hujjat e-qaror platformasida e’lon qilindi. Ayni paytda bu qaror berkitib qo‘yilgan.
U paxta yig‘im-terimini samarali tashkillashtirmagani uchun jazolangan. Bundan tashqari hokim o‘rinbosari ish faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, hukumat topshiriqlarini lozim darajada bajarmagan.