Sharq-G‘arb yo‘lagining ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleun bilan Ostonada o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, ikki tomonlama uchrashuvda Kaspiy dovoni bilan Sharq-G‘arb yo‘lagining ahamiyatiga oid masalalar muhokama qilingan: “Bundan tashqari, biz ikki tomonlama munosabatlar va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik haqida gaplashdik. Umumiy dushmanimiz bo‘lgan FETÖ terror tashkilotiga qarshi kurash haqida fikr almashdik” dedi.